UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Халқаро ҳамкорлик

Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti masʼul xodimlari hamda JICA vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti masʼul xodimlari hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi -  JICA vakillari ishtirokida joriy yilning 6-dekabr kuni uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda zilzilabardosh bino-inshootlarning qurilishi, bu boradagi norma va standartdan takomillashtirish, xodimlarni stajirovkaga yuborish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish, konferensiya, seminar va davra suhbatlarini muntazam tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda shuningdek, istiqboldagi vazifalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi hamda hamkorlik masalalariga doir bir qancha yo'nalishlar bo'yicha o'zaro kelishuvlarga erishildi.