UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari  Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutida boʻldilar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari  Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutida boʻldilar.  
 
Uchrashuvda bino va inshootlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash va favqulodda vaziyatlarni oldini olish sohasidagi qurilishga oid talablarni texnik jihatdan tartibga solish va meʼyoriy texnik hujjatlarni ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.  Shuningdek, ushbu meʼyorlarni xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sinash yoʻnalishida hamkorlik qilishga doir ustuvor vazifalarga eʼtibor qaratildi. 
 
Muzokaralar davomida mazkur yoʻnalishdagi bir qator  yoʻnalish va vazifalar belgilab olindi. Jumladan: 

- sohaga oid texnik va normativ hujjatlarni takomillashtirish hamda texnik qoʻmitalar faoliyatida ishtirok etish; 
- qurilish konstruksiyalari va materiallarning yongʻin xavfsizligiga bogʻliq jihatlarini tadqiq etish;  
- ilmiy-tadqiqot va sinovlar boʻyicha moddiy-texnik bazani takomillashtirish va rivojlantirish; 
- tadqiqot natijalarini baholash va ularni amaliyotga joriy etish. Shuningdek,  bu  boʻyicha qaror qabul qiluvchi  komissiyalar tarkibida ishtirok etish. 

Uchrashuv soʻnggida tomonlar oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.