Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari hamda Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi kotibi Kim Se Rah xonim ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari hamda Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi kotibi Kim Se Rah xonim ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda “Oʻzbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” hamkorlik loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, loyihaning 2-bosqichi yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi hamda istiqboldagi vazifalar belgilandi.
Uchrashuv soʻnggida ishlarni samarali yakunlash maqsadida tizimli ravishda uchrashuvlar oʻtkazilishi va institut xodimlarini Koreya Respublikasiga stajirovkaga yuborishga kelishib olindi.