Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD)ga tashrif buyurdilar
Fransiyada xizmat safarida boʻlib turgan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD)ga tashrif buyurdilar.
AFD vakillari tomonidan Fransiyada energiya samarador loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari va sertifikatlash tizimi batafsil taqdimot qilindi. Bunda energiya samaradorlikka erishishning 4 ta asosiy ustunlari, jumladan, energiya tejamkorlik, ekologik jihatdan afzal materiallardan foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha Fransiya tajribasi koʻrsatib berildi.
Shuningdek, ushbu maqsadlarga erishishda manfaatdor vazirliklarning hamkorlikdagi faoliyat strategiyasi taqdimot qilindi.
Xususan, Ruan hududida binolarda yuqori energiya samaradorlikka erishishning maqsadli koʻrsatkichlari boʻyicha axborot berildi va ushbu hududda qurilgan “passiv” binolarda qoʻllanilgan energiya samarador loyiha yechimlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi.



