UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari joriy yilning 19-iyun kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv oʻtkazildi

Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari joriy yilning 19-iyun kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv oʻtkazildi.

Unda Energetika vazirligi, Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda JICA tomondan imzolangan shartnoma Energiya menejeri sxemasini va nol energiya binosining (ZEB) loyihasi asosida quyidagi vazifalar muhokama qilindi: 

a) Yaponiya tajriba asosida institut bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ZEB binolarni rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqish; 

b) energiyani tejash bo’yicha standartlarni qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish va samarali isitish bo‘yicha chora-tadbirlar taklifini ishlab chiqish; 

c) energiyani tejash, yashil transformatsiya markazi va energiya menejeri dasturi ishlab chiqish; 

d) ZEB ni rivojlantirish uchun Yaponiyaning integratsiyalashgan tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida loyihani samarali amalga oshirish bo’yicha ish reja, ishchi guruh tarkibi hamda kelgusida amalga oshiriladigan tadbirlar kelishib olindi.