UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Халқаро ҳамкорлик

TEXNIK MEʼYORLASH VA STANDARTLASHTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI VAKILLARIDAN IBORAT ISHCHI GURUH XIZMAT SAFARI

 Fransiyada xizmat safarida boʻlib turgan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ECHOBAT uyushmasida ham bo'lishdi.

Tashrif davomida yakka tartibdagi uy-joylar, umumtaʼlim maktabi va maʼmuriy binolarni rekonstruksiya qilishda qoʻllanilayotgan yangi ekologik va energosamarador loyihalar, qurilish materiallari hamda texnologiyalar bilan tanishildi.

Shuningdek, qogʻoz, mato, daraxt, kanop poyasi va tolasini qayta ishlash orqali devorbop, issiqlik izolyatsion materiallar hamda energiya samarador deraza va eshik romlarni ishlab chiqarish jarayoni, xususan, ulardan toʻgʻri foydalanish qoidalari ko‘rib chiqildi.