UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

“Topografiya” onlayn bazasi ishga tushdi – endi barcha topografik ma’lumotlar yagona tizimda jamlanadi

“Topografiya” onlayn bazasi ishga tushdi – endi barcha topografik ma’lumotlar yagona tizimda jamlanadi

 Muhandislik-geodezik qidiruvlar natijasida tayyorlanadigan yirik masshtabli (1:200, 1:500 va 1:1000) topografik tasvirlar, rejalar va qurilish obyektlarining ijrovi hujjatlari yagona axborot bazasida jamlanadi.

Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-fevraldagi 85-son qaroriga asosan joriy etildi va “Topografiya” onlayn ma’lumotlar bazasi ishlab chiqildi.

2025-yil 1-iyuldan boshlab:

  • Respublika hududida mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qurilishi tugallangan barcha obyektlar bo‘yicha ijroviy topografik tasvirga olish amalga oshiriladi va ular “Topografiya” bazasiga kiritiladi;
  • Idoraviy bo'ysunishi va mulkchilik shaklidan qat'i nazar tashkilot va korxonalarning yirik masshtabli topografik materiallari (rejalar, tasvirlar) yagona tizimga yuklanadi;
  • Ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan topografik rejalar asosidagi loyiha hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilmaydi;
  • Ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan ijroviy topografik tasvirlari mavjud bo‘lmagan qurilishi va (yoki) rekonstruksiyasi tugallangan obyektlar foydalanishga qabul qilinmaydi.

 “Topografiya” bazasidagi xizmatlardan faqat geodeziya faoliyatini yuritish huquqiga ega yuridik shaxslar foydalanishi mumkin. Buning uchun topografiya.uz (https://topografiya.uz/) havolasiga murojaat qilinadi.