Toshkent shahar hududiy nazorat qilish inspeksiyasi NAZORAT ISHLARI
Toshkent shahar hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o'rganish ishlari davom etadi. Manzil Sergeli tumani "Yangi Qo'yliq" ko'chasi hududida buyurtmachi "Food building" MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binosi.
Monitoring jarayonida obyektning 4-qavati "A" qismi, 2-3-o'qlari oralig'ida joylashgan beton ustunlari loyiha talablari asosida bajarilmaganligi hamda "QURILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI” qoidalariga rioya qilinmaganligi aniqlandi. Bundan tashqari binoning birinchi hamda ikkinchi kirish yo'lagida qavatlar aro gorizontal temir-beton ustunlar loyiha bo'yicha amalga oshirilmagani ma'lum bo'ldi.
Qoidabuzarliklar yuzasidan buyutmachiga bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlari to'xtatildi.



