UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar prokuraturasida mamlakatimizda kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazishni tashkil etish masalalariga qaratilgan yig'ilish o'tkazildi

Bugun Toshkent shahar prokuraturasida mamlakatimizda kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazishni tashkil etish masalalariga qaratilgan yig'ilish o'tkazildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prokuratura, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar. 

Qish mavsumini betalofat o'tkazish va iste'molchilarni yoqilg'i-energiya resurslari bilan uzluksiz ta'minlash ustidan nazoratni samarali tashkil etish maqsadida tegishli davlat tashkilotlaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, zaruriy chora-tadbirlar belgilab olingan. Mazkur ishlarni manzilli tashkil etish maqsadida bor imkoniyatlarni ishga solish esa dolzarb vazifadir. 

Bunda aholi murojaatlarini o'z vaqtida o'rganish va tegishli tartibda chora ko'rilishiga alohida e'tibor qaratilishi lozim. Shu ma'noda bugungi kunda respublikada faoliyat yurituvchi barcha boshqaruv servis kompaniyalarida 24 soat faoliyat yurituvchi dispetcherlik xizmatlari tashkil etilib, kuz-qish mavsumida ushbu jarayonning kuchaytirilgan tartibda joriy etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Yig'ilishda vazir o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash va issiqlik ta'minotini yaxshilash  yo'nalishlarida olib borilgan ishlar bo'yicha ma'lumot berdi. 

Ta'kidlanganidek, joriy yilda 5 409 ta ko'p kvartirali uylar ta'mirlandi. Buning uchun boshqaruv tashkilotlarining 132 mlrd so‘m mablag‘lari jalb qilindi. Tasdiqlangan dasturdan tashqari qo‘shimcha ravishda  4 440 ta ko‘p kvartirali uylarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.  Issiqlik ta’minoti tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha 2 ta mahalliy qozonxona, 57 ta  qozon va 99,4 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari mukammal hamda 1 ta mahalliy qozonxona joriy ta’mirlandi. Shuningdek, 679 ta qozon va 486,3 km uzunlikdagi  issiqlik tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Yig'ilish so'nggida mamlakatimizda kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish uchun mas'ul bo'lgan barcha mutasaddilarga qo'shimcha topshiriqlar belgilandi.