Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Yunusobod tumani qurilish bo‘limi (MUNOSABAT)
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Yunusobod tumani qurilish bo‘limi tomonidan 2023-yil 12-avgustdagi mavjud binolarni huquqiy hujjatga ega bo‘lgan qismi bilan Toshkent shahar Qurilish boshqarmasi qoshidagi Arxitektura shaharsozlik kengashining 2023-yil 11-avgustdagi bayoni ijobiy xulosasiga asosan yerto‘lada avtoturargoh, pastki qavatlarida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bo‘lgan ko‘p kvartirali turar joyga ixtisoslashtirib, rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berilgan.
Mazkur ruxsatnomaga muvofiq Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan 2023-yil 24-sentabrdagi Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan. “ARCH LAB” MChJ tomonidan qilingan loyiha hujjatlari mutasaddi tashkilotlar jumladan, Yunusobod tumani favqulotda vaziyatlar bo‘limi hududiy yong‘inga qarshi nazorat xizmati, hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan ijobiy xulosalar olgan va Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023-yil 26-dekabrdagi xulosasi bilan loyiha-smeta hujjatlarini davom ettirish uchun kelishib berilgan.


