Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida aholi shikoyatlarini tinglash hamda ularga yechim topish maqsadida fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabulda tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan muammoli va yechimi vaqt talab etuvchi murojaatlar hamda loyiha hujjatlarini kelishish bo‘yicha aholi vakillarining 30 dan ziyod murojaatlari tinglandi.
Bunda:
-ruxsatnomalar berish tartibi;
-aholi roziligisiz qurilish boshlanayotgan holatlar;
-yakka tartibdagi uy-joylarni qurishga qo‘yiladigan talablar;
-shuningdek, yon qo‘shnilar o‘rtasida qurilish bilan bog‘liq kelishmovchiliklar ko'rib chiqildi.
Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning 9 tasi tegishli tashkilotlarga yuborilgan bo‘lsa, qolgan 20 tasiga huquqiy tushunchalar berildi hamda 2 ta fuqaroga kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta elektron shaklda murojaat qilishlari tushuntirildi.






