Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida aholining sohaga oid muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2024-09-12
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida aholining sohaga oid muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Jarayonda aholi tomonidan sohada duch kelinayotgan kamchiliklar yuzasidan bildirilgan 20 ga yaqin murojaatlar tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat alohida o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tegishli maslahat va huquqiy tushunchalar berildi.




