Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida aholining sohaga oid muammolarini bartaraf etish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2025-04-22
Bugun Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida doimiy tarzda tashkil etib kelinayotgan aholining sohaga oid muammolarini bartaraf etish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda poytaxtimizning turli hududlaridan kelgan 30 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan batafsil ko‘rib chiqildi. Mazkur qabulga kelgan fuqarolarning har biriga kamchiliklar yuzasidan huquqiy tushunchalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.