Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida aholining sohaga oid muammolarini tinglash maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
Bugun Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida aholining sohaga oid muammolarini tinglash maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Mazkur qabul davomida 30 ga yaqin murojaatlar mutaxassislar tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi.
Masalalarning asosiy qismini:
- ruxsatnomalar berish tartibi;
- o‘z hududida qurilish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
- qo‘shnilar roziligisiz qurilayotgan qurilmalarga oid muammolar;
- loyihani tizimga yuklashda yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar kabi masalalardan iborat bo‘ldi.
Qabul qilingan murojaatlardan 3 tasiga tizimdagi kamchiliklarni to'g'rilash, 2 tasiga tegishliligi yuzasidan boshqa tashkilotlarga murojaat qilishlari bo‘yicha tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan huquqiy tushunchalar berildi.