Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida fuqarolar qabuli tashkil etildi
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida fuqarolar qabuli tashkil etildi, unda 20 dan ziyod fuqarolarning murojaatlari tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.
Murojaatchilarning aksariyati shahar va viloyat hududi chegarasida joylashgan aholi vakillaridan iborat bo‘lib, ularning o‘z hududida qurilish ishlarini amalga oshirish borasidagi savollariga soha mutaxassislari tomonidan to‘liq maʼlumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, yerlarni xususiylashtirish hamda loyiha hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish kabi masalalarga huquqiy jihatdan tushuntirish berildi hamda kelib tushgan ayrim murojaatlar tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yo‘naltirildi.