UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida fuqarolar qabulini tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan

Haftaning har seshanba va chorshanba kunlarida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida fuqarolar qabulini tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan. Navbatdagi fuqarolar qabulida 30 dan ziyod murojaatlar tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Muloqotlarda xususiylashtirish, qurilish yuzasidan o‘zaro nizolar, loyihani kelishish kabi masalalar bo’yicha huquqiy tushunchalar berildi hamda boshqa masalalar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Xususan, boshqarmada rahbariyat qabuli ham tashkil etilib, unda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bosh muhandis Jasur Rahimov, soha mutaxassislari va fuqarolar ishtirok etishdi. Qabulda Mirobod, Yangihayot, Olmazor va Bektemir tumanlaridan  maslahat so‘rab kelgan fuqarolarning masalalari tinglandi va huquqiy tushunchalar berilib, amaliy jihatdan yordam ko’rsatildi.