UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida haftaning har seshanba va chorshanba kunlari fuqarolar qabuli bo‘lib o'tmoqda

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida haftaning har seshanba va chorshanba kunlari fuqarolar qabulini tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi qabulga 20 dan ziyod fuqarolar o‘z muammolariga yechim topish maqsadida kelishdi.

Asosan qurilish yuzasidan qo‘shnilar bilan kelishmovchiliklar, obyektni xususiylashtirish va loyihalash jarayonida uchrayotgan kamchiliklar bo‘yicha murojaatlar tinglandi. Qabul davomida kelib tushgan bu kabi murojaatlarga tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan huquqiy tushunchalar berildi hamda ayrim masalalar bo‘yicha fuqarolar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.