Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida sohaga oid muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida sohaga oid muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Unda tuman qurilish bo‘limlari mutaxassislari tomonidan jami 30 ga yaqin murojaat o‘rganildi. Xususan, ruxsatnoma berish tartibi, yakka tartibdagi uy-joylarni qurishga qo‘yiladigan talablar hamda loyihani kelishishda amalga oshiriladigan jarayonlar kabi masalalar bo'yicha taklif va mulohazalar bildirildi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi va ba'zilari tegishli tashkilotlarga yuborildi.