Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiya (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan xabar yuzasidan Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiya xodimlari tomonidan holat joyiga chiqib oʻrganilganda Yakkasaroy tumani Oʻrikzor 1-tor koʻchasi 21-uy manzilda haqiqatdan handaq-kotlovan qazish ishlari bajarilganligi aniqlandi.
Mazkur handaq qazish ishlari yakka tartibdagi turar joy binosini qurish maqsadida amalga oshirilgan. Yer maydoni fuqaro L.Mirzayevaga tegishli boʻlib, ushbu yakka tartibdagi turar joy binosini qurish uchun Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasidan ruxsatnoma olinmagani va loyiha-smeta hujatlari oʻrnatilgan tartibda kelishilmaganligi aniqlandi.
Shu bois fuqaro L.Mirzayevaga qurilish ishlarini toʻxtatish yuzasidan ogohlantirish xati yuborilib, ushbu masala nazoratga olingani maʼlum qilinadi.