UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan Toshkent shahri Bektemir tumani Husayn Boyqaro koʻchasida qurilgan “Yuksalish” turar joy binosi bilan bogʻliq holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:   

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 2020-yil 25-fevraldagi tegishli qarori hamda Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining 2022-yil 23-noyabrdagi tegishli maʼlumotnomasiga asosan Toshkent shahri Bektemir tumani H.Boyqaro koʻchasi hududida “Oltin baliq” MCHJ tomonidan 0,20 ga yer maydonida oʻzboshimchalik bilan koʻp qavatli turar-joy  binosi qurayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar prokuraturasiga maʼlumot taqdim etilgan. 

Ushbu koʻp qavatli turar-joy binosi Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasini xabardor qilmasdan maʼmuriy reglament talablarini buzgan holda qurilgani sababli barcha qurilish-montaj ishlari toʻxtatilib, belgilangan tartibda inspeksiyani xabardor qilish, roʻyxatdan oʻtish, texnik koʻrik oʻtkazish va tekshiruv xulosasini olish toʻgʻrisida 2600-sonli yozma koʻrsatma xati berilgan. 

Inspeksiyaning 2020-yil 16-dekabrdagi yozma koʻrsatma xati “Oltin Baliq” MCHJ tomonidan bajarilmaganligi sababli 2021-yil 19-yanvarda Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Bektemir tuman sudiga “Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan, qurilish ishlariga masʼul mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy chora qoʻllash toʻgʻrisida” 170-sonli xat bilan murojaat qilingan. 

Jinoyat ishlar boʻyicha Toshkent shahar Bektemir tuman sudining 2021-yil 4-fevraldagi 3-1001-2103/233-sonli qaroriga asosan “Oltin baliq” MCHJ rahbari Toʻrayev Sunatillo Usmonovich Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi 7-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 33-moddasi qoʻllanilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarida jarima jazosi tayinlangan. 

Shuningdek, inspeksiya tomonidan shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan monitoring tadbirlari oʻtazilganda “Oltin baliq” MCHJ tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarorining 5-ilovasiga zid ravishda oʻzboshimchalik bilan belgilangan tartibda hududiy inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtmasdan noqonuniy qurilish ishlari olib borilayotganligi aniqlangan va 2023-yil 2-avgustda zudlik bilan mazkur noqonuniy qurilish ishlarini toʻxtatish, aks holda ushbu qonun buzilish holati yuzasidan “Shaharsozlik kodeksi” ning 27-moddasi va boshqa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli chora koʻrilishi boʻyicha 5336-sonli ogohlantirish xati berilgan.