UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat inpeksiyasi (MUNOSABAT)

Telegram messenjerida tarqalgan holat yuzasidan Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat inpeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

 Yunusobod tumani 4-mavzeda Y.Zaitov mahalla markazi hamda savdo maishiy shaxobchalari qurilish obyektida inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlagani uchun 2021-yil 5-mayda MJtKning 99-moddasi 7-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Shundan so'ng 2021-yil 21-sentabrda nazorat inspeksiyasini xabardor etib, ro'yxatdan o'tgan. 

Hozirgi kunda obyektda mahalla markazi qurilishi to'liq yakunlangan, savdo-maishiy shoxobchalari uchun mo'ljallangan qismida handaq qazish ishlari bajarilgan, ammo qurilish-montaj ishlari olib borilmayapti. Holat nazoratga olingan.