Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Toshkent shahri Yunusobod tumani Chinobod va Yangishahar ko’chalari kesishuvi manzilida qurilayotgan savdo va maishiy xizmat ko'rsatish majmuasi joyiga chiqib o’rganilganda, murojaatda ko’rsatilgan masalalar bo’yicha tuman “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan dekabr oyida elektr kabellari o'tkazilganligi, biroq buzilgan piyodalar yo’laklari qayta o’z holatiga keltirilmaganligi aniqlandi.
Ma'lumot uchun, Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Bosh boshqarmasining Аrxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2020-yil 31-dekabrda tegishli xulosasi olingan. “ARXDIZAYN” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha “GRAND EKSPERTIZA GROUP” MChJ tomonidan ko'rib chiqilgan va 2021-yilning 26-aprelida yigʼma ekspertiza xulosasi berilgan.
Shuningdek, 2021-yil 20-iyunda Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan oʼrnatilgan tartibda ro'yxatdan o'tgan. A. Almatov va “Mumtoz evolutions” MChJ o’rtasid 2021-yil 9-iyuldagi o’zaro oldi-sotdi shartnomasiga asosan obyekt egaligi “Mumtoz evolutions” MCHJ ga o’zgargan bo’lib, Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi oʼrnatilgan tartibda 2021-yilning 18-oktabrida xabardor etilgan.


