UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Sergeli tumani "Xonobod" ko'chasi hududida buyurtmachi "Ibratli inson" MCHJ tomonidan qurilayotgan  ko'p qavatli turar joyda monitoring ishlari o'tkazildi.

Natijada "QURILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI” qoidalariga rioya qilinmaganligi, shu bilan bir qatorda obyektda  yuk avtomobillari uchun vaqtinchalik yuvish qurilmalari o'rnatilmagani hamda hudud qurilish chiqindilaridan tozalanmagani aniqlandi.

Qoidabuzarliklar yuzasidan buyutmachiga bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi va qurilish-montaj ishlari nazoratga olindi.