UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Toshkent shahri "Nilufar" MFY  Sergeli 2-mavze 40-A-uyda joylashgan “CROWD DEVELOPMENT GROUP” MChJga tegishli ko’p kvartirali turar joyda Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan navbatdagi monitoring ishlari o’tkazildi. Hozirda ushbu obyektda 3 ta 9 qavatli ko’p xonadonli uylar qurilmoqda.

O‘rganish davomida hududda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etmasdan qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi hamda binoning 1-qavat quyma temir-beton ustunida siljish (20 mm) borligi, shuningdek, hudud qurilish chiqindilaridan tozalanmaganligi ma'lum bo'ldi. 

Ushbu kamchiliklar yuzasidan bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatmalar berildi va ular bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlari vaqtincha to’xtatildi.