Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Sergeli tumani TXAY ko'chasi 59-uy manzilidagi "STAR HOUSE ORGANIZATION" MChJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binolari yuzasidan () quyidagilarni ma'lum qiladi:
Mazkur obyekt Toshkent shahrining Sergeli tumani hududiga kirishi hamda ushbu hududda qurilishi rejalashtirilgan har qanday shaharsozlik hujjatlari Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan kelishilishi belgilangan. Ammo "STAR HOUSE ORGANIZATION" MChJning mansabdor shaxslari Davlat xizmatlari markazi orqali loyiha hujjatlarini kelishish bo'yicha Toshkent viloyati Qurilish bosh boshqarmasiga ariza yo'llagan va Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo'yicha arxitektura va shahrsozlik kengashi ishchi organi tomonidan ijobiy xulosa berilgan.
Ushbu qurilish ishlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga ko'ra xabardor qilish tartibi orqali Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilmagan. Ushbu holat bo'yicha Toshkent tumanlararo ma'muriy sudi hamda Toshkent shahar ma'muriy sudlarining hal qiluv qarorlari qabul qilingan. Hozirgi kunda ushbu qurilish ishlari sud organlarining yakuniy hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar "STAR HOUSE ORGANIZATION" MChJ tomonidan olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarini vaqtincha to'xtatish bo'yicha 2023-yil 2-avgustda ogohlantirish xati berilganligi ma'lum qilinadi.