UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

 Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi facebook ijtimoiy tarmog’i e'lon qilingan videolavhadagi murojaatni joyiga chiqib, vakolat doirasida atroflicha o’rganib chiqdi.

    2019-yil 6-fevralda “Mega Logistics Service” MChJga Yakkasaroy tumani KXAY ko’chasi va A.Qahhor ko’chalari kesishuvida quyi qavatlari noturar, yuqori qavatlari turar-joy binolari bo’lgan ko’p qavatli turargoh, bolalar bog’chasi va tibbiy markaz qurish uchun hududda joylashgan mavjud turar hamda noturar joy binolarni o’z hisobidan buzish va yetkazilgan zararni o’rnatilgan tartibda qoplash yuzasidan 6.8 gektarli yer uchastkasini zaxiralash hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga Toshkent shahar hokimining 128-sonli sonli qarori bilan tasdiqlab berilgan.

  2021-yil 6-dekabrda Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasi bilan tegishli hujjatlar tasdiqlangan va kelishib berilgan. Loyiha hujjatlari va ulardagi yechimlar hozirgi kun talablariga mos kelishi yuzasidan 2022-yil sentabr va oktabr oylarida ekspert xulosalari ham tasdiqlangan.

  “Mega logistics service” MChJ tomonidan obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun xabarnoma tariqasida murojaat etilgan hamda o’rnatilgan tartibda hududiy inspeksiyadan ro’yxatdan o’tgan.
  
 Kelib tushgan murojaat yuzasidan esa qoidabuzarliklar bartaraf etilganligini ma'lum qilamiz.