UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

 Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Chilonzor MFY Chilonzor ko‘chasi 29-uy manzilida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha ijtimoiy tarmoq orqali tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

  Monitoringlar davomida mazkur manzilda “FUTURE GROWTH” MCHJ tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz, belgilangan tartibda inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtmasdan qurilish ishlarini olib borayotgani aniqlandi.

  Holat yuzasidan inspeksiya tomonidan noqonuniy qurilish ishlarini to‘xtatish bo‘yicha 2024-yil 17-mayda bajarilishi
majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma berilgan hamda ushbu qonunbuzilish holati bo’yicha MjtKning 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy jazo qo’llanilgan.

 Shundan so’ng ham O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli qaroriga zid ravishda qurilish-montaj ishlari davom ettirilganligi hamda inspeksiyadan belgilangan tartib orqali ro’yxatdan o’tmaganligi bois joriy yilning 8-avgust kuni takrorann yozma ko’rsatma rasmiylashtirilganligi ma’lum qilinadi.