UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahar,  Olmazor tumani,  “Chinobod” MFYda “AL-HADID GROUP” MChJ tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosi Toshkent shahar  Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish  inspeksiyasi tomonidan o'rganildi va quyidagi choralar ko’rildi:

Jumladan, 2024-yilning 28-may kuni obyektda  montaj qilish maqsadida olib borilayotgan  yer ishlari joyida  to’xtatildi va qurilish egasi Q.Olimovga tegishli yozma ko'rsatma berildi hamda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmaguniga qadar qurilish ishlarini olib bormaslik to’g’risida kafolat xati olindi.

Yana shuni ma'lum qilamizki, joriy yilning 31-yanvar kuni hududiy inspeksiya mutaxassislari o'rganish maqsadida obyektga borganlarida Q.Olimov chaqirtirilgan, ammo u kelmagan. Holat yuzasidan mahalla raisi hamda profilaktika inspektori ishtirokida dalolatnoma tuzilgan. Mas'ulning yashash manziliga qurilish-montaj ishlarini to’xtatish yuzasidan o'sha kunning o'zida ogohlantirish xati berilgan va  ishlar to’xtatilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Olmazor tuman hokimligi ishchi komissiyasiga  2023-yil 14-noyabrda  va 2024-yil 31-yanvarda takroran tegishli xatlar yuborilgan. 

2024-yilning 14-fevral kuni esa  Olmazor tuman prokuraturasiga “AL-HADID GROUP” MCHJ tomonidan noqonuniy ravishda olib borilayotgan qurilish ishlariga huquqiy baho berish, tegishli chora ko’rish bo'yicha  xat taqdim qilingan.

Maʼlumot uchun, amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarida, inspeksiya aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha kamida ikkita koʻrsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib qoʻyish va demontaj ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida daʼvo bilan sudga murojaat qilish vakolatiga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan.