Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Mirobod tumani "Inoqobod" MFY Hamal ko’chasida joylashgan avtoturargoh, maishiy xizmat ko’rsatish bo’lgan ko’p qavatli turar-joy binolari bo’yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Obyekt uchun Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2022-yil 20-dekabrdagi xulosasi olingach, “INVEST PROEKT SERVIS” MChJ tomonidan qilingan ishchi loyiha “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan ko’rib chiqilgan va unga 2023-yil 20-aprelda yig’ma ekspert xulosalari berilgan.
Shuningdek, ushbu qurilish obyekti 2023-yil 10-noyabrda hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro’yxatdan o’tgan.
Videodagi aholi o'rtasida yuzaga kelayotgan noroziliklarga esa tegishliligi bo'yicha yuqori organ sud yechim berishini ma'lum qilamiz.

