Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Olmazor tumani ''Miskin'' MFY KXAY ko'chasidagi qurilish obyekti bo'yicha ijtimoiy tarmoq orqali tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:
Ko'rsatib o'tilgan holat 10-G-uy manzilida joylashgan bo'lib, qurilish ishlari ”OZUN TASHKENT CONSTRUCTION” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ob'yektda ko'p qavatli turar-joylar, savdo - maishiy xizmat ko'rsatish binolarini qurish shlari olib borilmoqda.
Buyurtmachi tashkilot Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro'yxatdan o'tgan va u yerda tizimli nazorat o'rnatilgan.
Inspeksiya tomonidan qurilish obyektida piyodalar yo'lagi yopilganligi yuzasidan quruvchi va obyekt mas'ullariga tushuntirish ishlari olib borildi hamda quruvchi tomonidan 2 kun muddatda mazkur holat bartaraf qilinishi ma'lum qilindi.
Bu kabi holatlar yana takrorlansa, inspeksiya tomonidan chora ko'rilishi haqida mas'ullarga ogohlantirish berildi.

