Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Chilonzor tumani Beshyog’och ko’chasi 10 a-uyda buyurtmachi tashkilot “NEW LIGHT INVEST" MChJ tomonidan savdo va maishiy xizmat ko’rsatish binosi uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 2023-yil noyabr oyida inspeksiya ro’yxatidan o’tgan.
Hozirgi kunda obyektda ko’chishga sabab bo’lgan suv chiqarib tashlanib, ochiq qolgan zinaning ostki qismini kuchaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf qilish ishlari tez orada yakunlanishi mas’ul shaxslar tomonidan alohida ta'kidlandi.


