UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Uchtepa tumani "Bog'iston" MFY 14-mavzesi “BARDOSH BIZNES PLYUS” MCHJ tomonidan pastki qavatlarida savdo, sport va maishiy xizmat ko'rsatish majmuasi bo'lgan ko'p xonadonli turar-joy binosi uchun Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boyicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2023-yil 5-aprelda xulosa olingan.

Xususan, "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" DUKdan 2023-yil 23-oktabrda yig'ma ekspert xulosasi berilgan hamda hududiy nazorat qilish inspeksiyasini 2024-yil yanvar oyida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun xabardor etib, inspeksiya ro’yxatidan  o’tganligi aniqlandi.