UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Chilonzor tumani "Do’mbirobod" MFY, Naqqoshlik ko’chasi 3-uy manzilida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha ijtimoiy tarmoq orqali tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

“SHAXTA QURUVCHI” MCHJ tomonidan “Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamenti” talablariga zid ravishda, ya’ni inspeksiyasidan ro’yxatdan o’tmasdan qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Shuningdek, hozirda ushbu hudud atrofi profnastil bilan o’ralib, yer ishlari olib borilayotganligi ma'lum bo'ldi.

Holat yuzasidan “SHAXTA QURUVCHI” MChJga rahbariga qurilish-montaj ishlarni to’xtashish bo’yicha  ogohlantirish xati yuborildi.