TOSHKENT SHAHAR QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO’JALIGI SOHASIDA HUDUDIY NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI (MUNOSABAT)

2024-yil 25-mart kuni “Millar” telekanalida tarqalgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Yangihayot tumani Rivojlanish ko’chasi 55-uy manzilida qurilayotgan bino jismoniy shaxs A.Bekmuratovga tegishli bo'lib, 3 ta 2 qavatdan yuqori (3-qavat mansarda), umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo’lgan kam qavatli ko’p xonadonli turar-joy binolari qurilmoqda.
Loyiha-smeta hujjatlari “ORDER MAX PROJECT” MChJ loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan hamda Yangihayot tuman qurilish bo’limi tomonidan 2023-yil 22-23-fevraldagi xulosalari bilan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi sifatida kelishib berilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-aprel kungi 200-sonli qarori bilan - ikki qavatdan yuqori bo‘lgan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylar hamda 300 metr kubdan ortiq bo‘lgan noturar bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish obyektining loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda obyekt nazorat inspeksiyasining hududiy inspeksiyalaridan ro‘yxatdan o‘tkaziladi, - deb belgilangan.
Shu bois hududiy inspeksiya tomonidan mas'ul A.Bekmuratovga 2024-yil 26-mart kuni bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatma berildi hamda belgilangan tartibda inspeksiya ro’yxatidan o’tmagunga qadar qurilish ishlarini vaqtincha to’xtatish to’g'risida kafolat xati olindi.
Ma'lumot uchun, turar-joy binosi qurilishida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan loyihadan qisman chetga chiqish holatlari mavjud boʻlganligi sababli 2023-yil 10-oktabrda bayonnoma hamda dalolatnoma shakllantirilib, sudga daʼvo arizasi kiritish uchun tuman hokimligiga taqdim etilgan. Hozirda ushbu turar-joy binosi qurilishiga nisbatan qoʻshnilar noroziligini inobatga olgan holda Toshkent shahar bosh boshqarmasi tomonidan ham obyekt nazoratga olingan va tuman hokimligiga qayta bayonnoma kiritilish jarayonida.

