Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi joriy yilning 24-avgustida “Troll.uz” telegram kanalida Yunusobod tumani “G'ayratiy” MFY Ahmad Donish ko’chasida joylashgan 7-son shahar klinik shifoxonasini rekonstruksiya qilish obyektining bino ustunlari bo‘yicha qilingan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Holat bo'yicha inspeksiya mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o'rganildi. Jarayonda qurilish obyektida bir qator kamchiliklar aniqlandi va bartaraf etilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi. Xususan, sifatsiz qurilish materiallari yuzasidan tegishli taqdimnoma chiqarildi.


