UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

2023-yilning 23-dekabr kuni telegram ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Oltintepa ko‘chasi 247-uyda joylashgan ko‘p qavatli uyda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari aks ettirilgan video yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

Oltintepa ko‘chasi 247-uyda joylashgan " B-B STROY" MChJga tegishli obyektda Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganish olib borildi. Qurilish tashkiloti tomonidan mavjud daraxtlarning atrofini qurilish chiqindilaridan tozalash, bino atrofida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishayotganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, videolavhada namoyish etilgan qurilishdagi ishchilar tomonidan qopda qurilish chiqindisini tashlash holati yuzasidan  tegishli ko‘rsatma berildi.