UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahri Yunusobod tumani 9-mavze "Sobirobod" MFY Yuqori Qoraqamish ko’chasi  9-uy manzilida “ZO’RSAN RESIDENCE  DEVELOPER” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'rganib chiqildi.

Toshkent shahar Qurilish bosh Boshqarmasining Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʼyicha Аrxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2023-yil 19-apreldagi xulosa, “GRAND SANOAT LOYIHA” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan ishchi loyiha uchun “SHAHARSOZLIK HUJJATLARI EKSPERTIZASI” Respublika markazi tomonidan 2024-yil 9-yanvarda yigʼma ekspertiza xulosasi olingan. 

Shuningdek, hududiy nazorat inspeksiyasidan oʼrnatilgan tartibda 2024-yil 30-yanvarda roʼyxatdan oʼtgan.  

Tanqidiy holatga aniqlik kiritilganda, buyurtmachi o’z hududida minorali kran o’rnatayotganligi hamda undan so’ng mavjud turar joy binosi hovlisi yonidan olib tashlanishi ma’lum qilindi. 

Shuningdek, ushbu minorali kran inson hayoti-faoliyatiga zarar yetkazmasligi uchun mustahkamligi M600 markali poydevorga va binoning temir-beton qismiga gorizontal ulanmalar bilan mahkamlanishi ko’zda tutilganligi aniqlandi.