UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Rasmiy munosabat)

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani, Salar ko‘chasi, “Dilbuloq” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hududida yer cho‘kishi yuzaga kelgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur hududdagi qurilish ishlari “LYUКS LOYIHA” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha uchun “Arxitektura va shaharsozlik kengashi” ishchi organi hamda “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning  ijobiy  xulosalari olingan.

Qurilish obyektining A-bloki Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan. 

Shu kunga qadar inspeksiya tomonidan obyektda 10 marta monitoring o‘tkazilib, 11 ta yozma ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, qurilish me’yor va qoidalariga rioya qilinmaganligi sababli buyurtmachi ikki marotaba ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Biroq, loyihaning G4-bloki bo‘yicha vaziyat boshqacha. Ushbu blok “Arxitektura va shaharsozlik kengashi”dan ijobiy xulosa olgan bo‘lsa-da, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKdan xulosa olinmagan. Shu bois mazkur blok inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tmagan va qurilish ishlari noqonuniy boshlangani aniqlandi. Holat yuzasidan inspeksiya tomonidan tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumot berilgan.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida buyurtmachi “O‘ZKOMMAISHIYSAVDO” MCHJ tomonidan G4-blok uchun kotlovan qazish ishlari olib borilayotganda hududdagi elektr transformatorida nosozlik yuzaga kelgani aniqlangan. Shu sababli kotlovandagi sizot suvlarini chiqarish imkoni bo‘lmagan, natijada suv darajasi ko‘tarilib ketgan. Buning oqibatda esa qo‘shni “Grand Capital” MCHJ tomonidan ilgari qurilgan yerosti avtomashina turarjoyining qayta ko‘milgan joylarida tuproq siljishi yuz berib, sirpanishga sabab bo‘lgan.

Hozirda inspeksiya tomonidan mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.