UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Telegram messenjeri orqali tarqalgan xabar yuzasidan Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

 Yunusobod tumani Yangi shahar koʻchasi "Oqtepa" MFYda joylashgan koʻp qavatli turar joy nazorat inspeksiyasidan pudratchi tashkilot “TSC -HK INVESTMENT” MCHJ tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
    
Ijtimoiy tarmoqlardagi MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari davrida yoʻl qatnov qismida yuk tashuvchi avtoulovlar tomonidan tozalikka rioya qilinmasdan hudud ifloslantirilganligi yuzasidan bildirilgan e'tiroz atroflicha va joyiga chiqib oʻrganilgan.

 Jarayonda pudrat tashkiloti haydovchilari va korxona rahbariga tushuntirish ishlari olib borildi. Haydovchilarga nisbatan Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan intizomiy chora koʻrildi va ular jarimaga tortilgan. Xususan, yoʻlning qatnov qismi tozalanib,  avtotransport yuvish shoxobchasi tashkil qilindi.       
   
Mas'ullar tomonidan bunday holat takrorlanmasligi ta'kidlandi.