UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi.

Toshkent shahar Sergeli tumani, "Madaniyat" MFY, Qoʻyliq 5-mavzesida joylashgan иuyurtmachi “O'QUV QUROLLARI” MCHJ tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish binolarini qurish ishlari Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrganildi.

Maʼlum boʻlishicha, loyihada bino 3 qavat qilib koʻrsatilgan. Biroq buyurtmachining yana bir qavat qoʻshimcha qurilish qilayotganligi aniqlandi. Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan hududiy inspeksiya tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmaga asosan 4-qavatni demontaj qilish ishlari amalga oshirildi  va tasdiqlangan loyiha-smeta ishlaridan chetga chiqilgan kamchiliklar bartaraf etildi.