UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Shayxontohur tumani Gulobod koʻchasi 234-uy manzilidagi qurilish obyekti boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:  
  
Avvalo shuni taʼkidlash lozimki, ayni paytda mazkur obyektda qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlanmagan. Bino va inshootlarni  foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi ham rasmiylashtirilmagan.  Binoning otmostka qismidagi qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlanmaganligi bois,  yomgʻir oqova suvlari binoning poydevor qismini himoya qilib turuvchi zichlashtrilgan tuproq ichiga tushgan va shu sababli ayrim joylarida otmostkaning choʻkish holatlari yuzaga kelgan.  Hozirda ushbu kamchiliklar quruvchi tashkilot tomonidan  bartaraf etilmoqda.

Shuningdek, hozirda hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari  mazkur qurilish obyektida qurilish-montaj ishlari sifati ustidan  nazorat ishlarini olib borishmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki,  mazkur obyekt  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5511-sonli farmoni va Toshkent shahar hokimining 2019-yil 23-avgustdagi 1164-sonli qaroriga asosan “ROAF ART HOUSEMCHJga Shayxontohur tumani Gulobod koʻchasi 234-uy hududida koʻp qavatli turar-joy kompleksini qurish uchun maydoni 0.45 gektarli yer uchastkasi boʻyicha zaxiralash hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga ruxsat berilgan.

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2019-yil 16-sentabrda  Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan hamda 2020-yil 2-iyulda eskiz loyihasi ham tayyorlangan. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining tegishli xulosasi bilan tasdiqlangan va kelishilgan.