Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan holat Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'rganilgan. Jarayonda Yunusobod tumani “Sobirobod” MFY 9-mavze 99-uy manzilida joylashgan obyekt hududi to’siq devor bilan o’rab olinganligi, qurilish-montaj ishlari boshlanmagani, binoni esa demontaj qilib, qurilish chiqindilarini tozalash ishlari olib borilayotganligi ma’lum bo’ldi.
Ushbu qurilish obyektiga oid hujjatlar o’rganilganda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun inspeksiyani xabardor qilmagan. Shu bilan birga 2024-yil 10-sentabrda “ORIENT TRUST” MCHJ rahbariga zudlik bilan mazkur noqonuniy qurilish ishlarini to’xtatish, aks holda ushbu holat yuzasidan “Shaharsozlik kodeksi”ning 27-moddasi, MJtKning 99-moddasi hamda “Jinoyat kodeksi”ning tegishli moddalariga asosan sud da’vo arizasi kiritilib, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqidagi ogohlantirish xati berilgan.