UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasi 7/1-uy manzilida “ABSOLUTE BUSINESS TRADE” MCHJga tegishli mavjud ma’muriy muhandislik laboratoriya korpusi  - yordamchi bino va inshootlarini o‘z ichiga olgan ko‘p qavatli avtoturargohning loyiha-smeta hujjatlari Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2019-yil 21-iyulda kelishilgan bo‘lib, belgilangan tartibda Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro’yxatidan o’tgan.
 
Mazkur qurilish obyekti bo'yicha o’rnatilgan tartibda inspeksiya tomonidan Davlat qabul qilish Hay’atining dalolatnomasi rasmiylashtirilgan va obyekt foydalanishga topshirilgan. ShNQ 3.01.04-19 “Qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish”, 4.14-band “Obyektni foydalanishga qabul qilish to’g’risida" dalolatnoma imzolangan paytdan Davlat qabul Hay’atlarining vakolatlari tugaydi”, - deb belgilab o’tilgan.