Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi "STAR HOUSE ORGANIZATION" MChJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joy yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:
Mazkur MCHJ tomonidan qurilishi boshlangan obyekt Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan 2019-yil 22-noyabrda roʻyxatdan oʻtgan. Ammo keyinchalik qurilish obyekti joylashgan hudud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 27-avgustdagi SQ-379-IV-sonli qaroriga muvofiq Toshkent shahar hududiga oʻtgan.
Shu bois mazkur turar joy boʻyicha Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qurilish ishlarini toʻxtatish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida 2023-yil 2-avgustda ogohlantirish xati berilgan, 2024-yil 16-oktabrda esa bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatma taqdim etilgan va talablar bajarilmagani uchun MJtKning 99-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy javobgarlik choralari koʻrilgan.
2024-yil 10-may kuni boʻlib oʻtgan Toshkent shahar maʼmuriy sudi taftish instansiyasi sudlov hayʼati ochiq sud majlisi qaroriga muvofiq Toshkent viloyati qurilish bosh boshqarmasining Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Arxitektura-shaharsozlik kengashi ishchi organining 2019-yil 11-noyabrdagi xulosasi haqiqiy emas deb topilganligi sababli yuqoridagi obyektni Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasiga qayta rasmiylashtirishning imkoni yoʻq.
Hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 24-dekabr kuni “STAR-HOUSE-ORGANIZATION” MCHJga bajarilishi majburiy boʻlgan yozma ko'rsatma berildi. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Sergeli tuman prokuraturasiga hududiy nazorat inspeksiyasining murojaati kiritildi. Nazorat ishlari belgilangan tartibda davom ettiriladi.