Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda va Mehrigiyo ko‘chalari kesishuvi hududida joylashgan qurilish obyekti boʻyicha telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali tarqalgan xabar (https://t.me/eltuz2022/28736?single) yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Mazkur manzilda “RABAT BUILDING” MChJ tomonidan qurilishga ruxsat berish asosida tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz zamonaviy mahalla idorasi, kutubxona va biznes markazi obyekti sifatida qurilish olib borilayotganligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga muvofiq “Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti” talablariga zid ravishda ya’ni inspeksiyadan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun xabardor qilish tartibi orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmasdan ishlar olib borilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o’tkazish tartibi to’g’risida”gi PQ-374-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 611-sonli qarori talablariga muvofiq “RABAT BUILDING” MChJga xabarnoma yuborilgan, ammo qurilish-montaj ishlarini toʻxtatilishi yuzasidan bir necha bor ogʻzaki ogohlantirishlarga qaramasdan qurilish ishlari davom etib kelinmoqda.


