UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumani Miliy bog’ 11-tor ko’chasi 2, 4 va 5-uy manzillarida olib borilayotgan qurilish ishlari Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib o'rganildi.

Jarayonda inspeksiya tomonidan quyidagilar aniqlandi:

- mazkur hudud Toshkent viloyatining Qibray tumanidan Toshkent shahrining M.Ulug’bek tumaniga o’tgani;
- yer maydonlarida ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan (kottej, uy-joy) binolari qurilishi rejalashtirilganligi;
- hamda obyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan, xususan, hududiy inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan holda qurilayotgan bo'lgan.

Shu bois mas'ullarga belgilangan tartibda qurilgan qurilmalarni instrumental texnik ko’rikdan o’tazish hamda inspeksiya ro’yxatidan o’tmagunga qadar qurilish-montaj ishlarini to’xtatish to’grisida yozma ko’rsatma rasmiylashtirilib berilgan.