UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Chilonzor tumani Novza koʻchasidagi qurilish obyekti boʻyicha  kun.uz saytida eʼlon qilingan videolavha yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Ushbu obyektdagi qurilish ishlari “RUNA INTERNATIONAL TRADING INC” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Pastki qavatlari savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasidan iborat  koʻp kvartirali turar joy  obyektida qurilish-montaj ishlari Vazirlar Mahkamasining  200-sonli qarori talablariga zid ravishda, yaʼni inspeksiyadan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun xabardor qilish tartibi orqali roʻyxatdan oʻtmagan holda boshlab yuborilgan.

Oʻrganishlar davomida  hudud atrofi profnastil bilan oʻralib,  yer ishlari tegishli qoida va  meʼyorlarga amal qilinmagan holda olib borilayotganligi aniqlangan va bu bo'yicha MCHJ rahbariga qurilish-montaj ishlarini toʻxtatishga doir ogohlantirish xati yuborilgan.  

Hozirda mazkur holat nazoratga olingan boʻlib, qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilinadi.