Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi inspeksiya (MUNOSABAT)
2024-02-26
“Tashkent land” telegram kanalida koʻrsatilgan Toshkent shahar Bektemir tumani Iyk ota mavzesining qurilish hududidagi holat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi inspeksiya xodimlari tomonidan darhol joyiga chiqqan holda oʻrganildi va tanqidiy videoda aks etgan masalani hal etish boʻyicha qurilish pudrat tashkiloti mutsaddilariga tushuntirish ishlari olib borildi. Hozirda koʻchalar tozalanib, ogʻir yuk avtomashinalari uchun qurilish hududi darvozasida suv purkagich qurilmalari oʻrnatilmoqda.




