Toshkent shahri Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
Toshkent shahri Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Sergeli tumani "Xonobod" ko'chasi hududida buyurtmachi "SERTEM CASTING" MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binosida monitoring ishlari o'tkazildi.
O‘rganish ishlari davomida obyektda o'rnatilgan romlarning atrofi pena bilan talab darajasida to'ldirilmaganligi hamda "QURILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI” qoidalariga rioya qilinmagani ma'lum bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda binoning 10-qavatida qurilish-montaj ishlari loyiha talablaridan chetga chiqqan holda bajarilayotgani aniqlandi.
Mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan buyutmachiga bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda ular bartaraf etilgunga qadar 10-qavatda qurilish-montaj ishlari to'xtatildi.



