Toshkent shahri Uchtepa tumani “Vatanparvar” mahallasi uylar oralig‘ida rejalashtirilayotgan qurilish haqida (MUNOSABAT)

Toshkent shahri Uchtepa tumani 24-mavze “Vatanparvar” mahallasi 28, 29, 30, 31 va 32-uylar oralig‘ida rejalashtirilayotgan qurilish yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUKning 2020-yil 20-noyabrdagi bayonnomasi asosida jismoniy shaxs Z.Daminova mazkur manzildan ofis, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini qurish uchun 0,09 gektarli yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksion g‘olibi sifatida olgan.
Ushbu auksion bayonnomasiga binoan ART ishlab chiqish uchun ariza yuborilgan va Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2020-yil 18-martdagi Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (ART) ishlab chiqilgan.
Bayonnoma va ART asosida “BUNYOD LOYIHA” MCHJ tomonidan qurilishi rejalashtirilgan obyektning loyiha hujjatlari Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2021-yil 27-martdagi xulosasi bilan kelishilgan. Shuningdek, hali qurilish ishlari boshlanmagani bois nazorat inspeksiyasi obyektni o'rganish vakolatiga emasligini, nizoli holat yuzasidan sud yechim berishini ma'lum qilamiz.

